SHTAMBSIMON POMIDOR NAV NAMUNALARINING EKISH MUDDATIGA KOʻRA OʻSIMLIK BALANDLIGI VA MEVA MORFOLOGIK KOʻRSATKICHLARI

Authors

  • Mirzabdullayev G‘.N Author
  • Xusanov A.K Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: shtambsimon pomidor, nav namunasi, ekish muddati, asosiy poya uzunligi, meva vazni, meva shakli indeksi, qiyosiy baho, Namangan viloyati.

Abstract

Maqolada Oʻzbekistonning Namangan viloyati sharoitida istiqbolli hisoblangan 14 ta shtambsimon (shtamb tipidagi) pomidor nav namunasining ikki xil ekish muddatida oʻsimlik balandligi (asosiy poya uzunligi) hamda meva morfologik koʻrsatkichlari vazni, boʻyi, eni, shakl indeksi va rangi qiyosiy oʻrganildi. Tadqiqot natijasida namunalar poya uzunligi boʻyicha 38–81 sm, meva vazni boʻyicha 38–130 g oraligʻida sezilarli farqlanishi aniqlandi. Meva shakli indeksi boʻyicha Utenok (1,8) va Sevara (1,6–1,7) navlari choʻziq, qolgan namunalar esa asosan dumaloq yoki yassi-dumaloq shaklga ega boʻldi. Bahodir navi pushti rangli meva berishi bilan boshqa qizil mevali navlardan ajralib turdi. Ekish muddati asosiy poya uzunligiga kuchsiz, meva vazniga esa navga bogʻliq holda turlicha taʻsir koʻrsatdi.

References

Published

2026-11-04