KO‘KRAK BEZI SARATONIDA Ki-67 PROLIFERATIV FAOLLIGINING KLINIK-LABORATOR PREDIKTORLARINI STATISTIK MODELLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: ko‘krak bezi saratoni, Ki-67, biokimyoviy markerlar, ALT, AST, korrelyatsion tahlil, ko‘p omilli regressiya, matematik modellashtirish.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarda klinik, biokimyoviy va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi statistik munosabatlar retrospektiv ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Ki-67 proliferatsiya indeksining yosh, alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST), glyukoza va gemoglobin miqdori bilan bog‘liqligi korrelyatsion tahlil hamda ko‘p omilli chiziqli regressiya usullari yordamida baholandi. Natijalar ALT va AST o‘rtasida kuchli musbat korrelyatsiya mavjudligini, biroq tanlangan klinik-laborator omillarning Ki-67 o‘zgaruvchanligini tushuntirish imkoniyati cheklanganligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar ko‘krak bezi saratonining biologik xususiyatlarini o‘rganishda ma’lumotlar sifatini nazorat qilish va ko‘p omilli statistik yondashuvlarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.