O‘ZBEKISTON SHAROITIDA YETISHTIRILGAN CROTALARIA JUNCEA L. GENOFOND NAMUNALARINING URUG‘ HOSILDORLIGI BO‘YICHA QIYOSIY TAHLILI VA SELEKSIYA UCHUN ISTIQBOLLI NAMUNALARNI TANLASH

Authors

  • Otabek Ch. Allazov Author
  • Nurali Kh. Khudoyberdiev Author
  • Abdurauf A. Dolimov Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Crotalaria juncea; kenevir; urug‘ hosildorligi; genofond; genetik resurslar; Mo‘jiza-73.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda kenevir (Crotalaria juncea L.) genofondining 109 ta namunasi urug‘ hosildorligi bo‘yicha baholandi va Mo‘jiza-73 nazorat navi bilan taqqoslandi. Dala tajribasi 2025-yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida uch takrorli tasodifiy bloklar usulida olib borildi. Tahlilda har bir namuna bo‘yicha uch takrorning o‘rtacha qiymatlari qo‘llanildi. 1 m² maydondan olingan urug‘ hosili 2200–4900 g oralig‘ida bo‘lib, o‘rtacha 3373,21 ± 497,56 g ni tashkil etdi. Mo‘jiza-73 navida ushbu ko‘rsatkich 2400 g/m² bo‘ldi. K10 namunasi 4900 g/m² natija bilan nazorat navidan 104,17% yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. Aniqlangan namunalar keyingi ko‘p yillik va ko‘p hududli sinovlar uchun istiqbolli boshlang‘ich material sifatida tavsiya etiladi. Mazkur baholash O‘zbekiston sharoitida istiqbolli genotiplarni tanlash va ularning hosildorlik imkoniyatlarini keyingi tajribalarda tekshirish uchun amaliy asos yaratadi. hamda kelgusida foydalanish uchun

References

Published

2026-11-08