JIGARDAN TASHQARI O‘T YO‘LLARINING YATROGEN STRICTURALARIDA REKONSTRUKTIV OPERATSIYADAN KEYINGI BIRINCHI TAKRORIY BILIAR ARALASHUVGACHA BO‘LGAN VAQTNING KLINIK AHAMIYATI

Authors

  • To‘raqulov U.N. Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: jigardan tashqari o‘t yo‘llari, yatrogen striktura, rekonstruktiv operatsiya, takroriy biliar aralashuv, gepatikoeyunoanastomoz, biliar obstruksiya, xolangit, operatsiyadan keyingi asoratlar.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada jigardan tashqari o‘t yo‘llarining yatrogen strikturalarida rekonstruktiv operatsiyadan keyingi davrda birinchi takroriy biliar aralashuvgacha bo‘lgan vaqtning klinik ahamiyati yoritilgan. Rekonstruktiv operatsiyalardan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biliar asoratlar, strikturaning qaytalanishi, o‘t oqimining buzilishi va takroriy davolash muolajalariga ehtiyoj tug‘ilishining asosiy sabablari tahlil qilingan. Shuningdek, takroriy biliar aralashuv vaqtiga ta’sir qiluvchi anatomik, klinik va jarrohlik omillari hamda bemorlarni uzoq muddatli kuzatishning ahamiyati ko‘rib chiqilgan.

References

Published

2026-11-08