MEXANIKA FANINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI VIDEO-TAHLIL VA MA’LUMOTLARDAN QONUNIYAT KASHF ETISH TEXNOLOGIYALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: mexanika, sun’iy intellekt, kompyuter ko‘rishi, video-tahlil, smartfon datchiklari, SINDy, simvolik regressiya, Gamilton neyron tarmog‘i, Verle sxemasi, FCI, Javob berish nazariyasi.Abstract
Annotatsiya. Tezisda “Mexanika” fanini o‘qitishda talabalarning barqaror noto‘g‘ri tasavvurlarini bartaraf etish uchun sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini qo‘llashning “Kuzat – Modellashtir – Kashf et – Tekshir” metodik sikli taklif etiladi. Siklda kompyuter ko‘rishi asosidagi video-tahlil va smartfon datchiklari orqali real harakatni o‘lchash, sonli integrallash, siyrak regressiya (SINDy) va simvolik regressiya yordamida tajriba ma’lumotlaridan harakat tenglamasini “qayta kashf etish”, Gamilton neyron tarmoqlari orqali saqlanish qonunlarining rolini ko‘rsatish hamda Javob berish nazariyasi (IRT) asosidagi moslashuvchan baholash birlashtiriladi. Samaradorlikni baholashning miqdoriy mezonlari va SI dan foydalanishning metodik cheklovlari asoslab beriladi.