INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA DUO, OLQISH VA QARG‘ISH BIRLIKLARINING PRAGMATIK FUNKSIYALARI

Authors

  • Saidqulova Shahzoda Abdivali qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: pragmatika, nutqiy akt, duo, olqish, qarg‘ish, illokutiv funksiya, perlokutiv effekt, lingvokulturologiya, antifrazis, madaniyatlararo muloqot.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillarida duo, olqish va qarg‘ish birliklarining pragmatik funksiyalarini qiyosiy-tipologik aspektda tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda mazkur birliklarning illokutiv va perlokutiv xususiyatlari, lingvomadaniy asoslari hamda milliy-spetsifik jihatlari tahlil qilinadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, duo va olqish birliklari o‘zbek tilida jamoaviy qadriyatlar va diniy e’tiqod bilan chambachas bog‘liq bo‘lib, ingliz tilida individualistik yo‘nalish va dunyoviy tilak formulalari ustunlik qiladi. Qarg‘ish birliklari esa har ikki tilda salbiy baho va emotsional ekspressivlikni ifodalashda qo‘llanadi, biroq ularning semantik markazi turlicha: o‘zbek tilida oila va ma’naviy qadriyatlar, ingliz tilida diniy la’nat va axloqiy qoralash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shaklan qarg‘ishga o‘xshab, mazmunan ijobiy tilak bildiruvchi antifrazis hodisasining lingvopragmatik asoslanishidadir.

References

Published

2026-09-19