INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA KICHIK FUNKSIONAL BIRLIKLARNING QIYOSIY XUSUSIYATLARI

Authors

  • Rakhmanov Rakhmonjon Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: kichik funksional birliklar, yordamchi so‘zlar, artikl, predlog, bog‘lovchi, diskursiv birliklar, qiyosiy tilshunoslik, ingliz tili, o‘zbek tili.

Abstract

          Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek tillaridagi kichik funksional birliklarning struktur-semantik hamda kommunikativ xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Kichik funksional birliklar shaklan ixcham bo‘lishiga qaramay, grammatik munosabatlarni ifodalash, gap qismlarini bog‘lash, ma’no nozikliklarini yuzaga chiqarish va nutqning kommunikativ samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda artikllar, predloglar, bog‘lovchilar hamda diskursiv birliklarning ingliz va o‘zbek tillaridagi ifodalanish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Qiyosiy tahlil ingliz tilining asosan analitik, o‘zbek tilining esa agglutinativ xususiyatga ega ekanligi sababli mazkur birliklarning grammatik ifodalanishida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-09-28