INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ILTIMOS NUTQIY AKTINING FONETIK, TRANSLITERATSION VA SEMANTIK MOSLASHUVI
Keywords:
Kalit so‘zlar: iltimos nutqiy akti, pragmatika, fonetik moslashuv, transliteratsiya, semantik moslashuv, muloyimlik, qiyosiy tilshunoslik.Abstract
Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek tillarida iltimos nutqiy aktini ifodalovchi birliklarning fonetik, transliteratsion va semantik moslashuvi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Iltimos nutqiy akti direktiv nutqiy aktlarning muhim turi bo‘lib, unda so‘zlovchi tinglovchidan muayyan harakatni bajarishni so‘raydi. Biroq ushbu aktning turli tillarda ifodalanishi faqat grammatik vositalar bilan cheklanmay, balki tilning fonetik xususiyatlari, o‘zlashgan birliklarning shakliy moslashuvi hamda ularning semantik talqiniga ham bog‘liq. Ingliz tilidagi please, could you, would you mind kabi birliklarning o‘zbek tilidagi iltimos, marhamat qilib, yordam bersangiz kabi vositalar bilan qiyoslanishi ularning to‘liq formal ekvivalent emasligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari tarjima va chet tilini o‘qitish jarayonida pragmatik moslikni hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.