SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA EKG TAHLILI: YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARINI ERTA ANIQLASH IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: sun’iy intellekt, EKG, mashinali o’qitish, chuqur o’rganish, aritmiya, yurak yetishmovchiligi, kardiologiya, diagnostika.Abstract
Annotasiya. Sun’iy intellekt (SI) va mashinali o’qitish texnologiyalarining elektrokardiografiyaga integratsiya qilinishi yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash va xavfni stratifikatsiya qilishning yangi imkoniyatlarini yaratmoqda. Zamonaviy algoritmlar nafaqat yaqqol EKG o’zgarishlarini, balki inson ko’zi bilan aniqlash qiyin bo’lgan subklinik belgilarni ham tahlil qilish imkoniyatiga ega. Mazkur tezisda sun’iy intellekt asosidagi EKG tahlilining aritmiyalar, yurak yetishmovchiligi va chap qorincha sistolik disfunksiyasini erta aniqlashdagi imkoniyatlari tahlil qilindi. Mavjud tadqiqotlar AI-ECG algoritmlarining yuqori diagnostik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi mumkinligini ko’rsatsa-da, tashqi validasiya, turli populiyasiyalarda tekshirish, algoritmlarining shaffofligi va klinik amaliyotga integratsiyasi hali ham muhim masala bo’lib qolmoqda.