O‘ZBEKISTONDA KOREYS TO‘LQININING QABUL QILINISHIDA BILVOSITA TARJIMANING O‘RNI

Authors

  • Allamova Mахbuba Qudrat qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bilvosita tarjima, bevosita tarjima, Koreys to‘lqini, Hallyu, audiovizual tarjima, koreys tili, o‘zbek tili.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezis Koreya ommaviy madaniyati mahsulotlarining O‘zbekistonda tarqalishida tarjimaning, xususan, rus yoki ingliz tili vositasida amalga oshiriladigan bilvosita tarjimaning o‘rnini tahlil qiladi. Tadqiqot o‘zbek tilidagi onlayn media platformalari faoliyati hamda to‘rt nafar koreys–o‘zbek tarjimoni bilan o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan intervyularga tayangan. Natijalar bilvosita tarjima koreys kontentiga tez va arzon kirish imkonini berganini, biroq semantik aniqlik, hissiy ohang va madaniy xususiyatlarning yo‘qolish xavfini kuchaytirishini ko‘rsatdi. Bevosita tarjima sifatini oshirish uchun mutaxassis tayyorlash va institutsional qo‘llab-quvvatlash zarurligi asoslandi.

References

Published

2026-10-02