KIMYOVIY QO’SHIMCHA VA PO’LAT ERITISH SHLAGI ASOSIDAGI KOMPLEKS MODIFIKATORNING SEMENT TOSHI GIDRATATSIYASI VA STRUKTURASIGA TA’SIRI

Authors

  • Turapov Farxod Xursanovich Author
  • Rajapov Ramazon Shuxratovich Author
  • Omonov O‘rol Chori o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so’zlar: polifunksional qo’shimcha, po’lat eritish shlagi, gidratatsiya kinetikasi, ekzotermiya, pH, rentgenfazaviy tahlil.

Abstract

  Annotatsiya. Qizdirilmaydigan va kam qizdiriladigan beton texnologiyasi uchun polikarboksilat asosidagi polifunksional qo’shimcha (PFQ) va po’lat eritish shlagi (PESh) dan iborat kompleks modifikator ishlab chiqildi. PFQ ning ratsional dozasi sement massasining 0,4 % ini tashkil etdi: normal quyuqlik 26 dan 18 % gacha kamaydi, qotishning tugash vaqti 360 dan 260 daqiqagacha qisqardi. Kompleks modifikator sement toshining dastlabki mustahkamligini nazorat tarkibiga nisbatan 59–61 % ga oshirdi, gidratatsiya ekzotermiyasini 4 °C ga kuchaytirdi va g’ovak suyuqlikning pH qiymatini armatura passivligi uchun yetarli darajada saqladi.

References

Published

2026-10-02