VERTIKAL O’QLI SHAMOL ENERGETIK QURILMASINI MATLAB TIZIMIDA MODELLASHTIRISH
Abstract
Jahonda energetika xavsizligi, ekologik muammolarni barqarorlashtirish va tabiiy yoqilg’i manbalarini tejashda qayta tiklanadigan energiya manbalari jumladan, shamol energiyasidan foydalanish yetakchi o’rinlardan birini egallamoqda. Hozirgi kunda shamol energetik qurilmalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo’yicha Xitoy, Hindiston va Yevropa davlatlari yetakchik qilmoqda. Xitoy davlati yiliga 82 GW quvvatga ega bo’lgan quruqlikdagi shamol energetik qurilmalarini ishlab chiqarish bo’yicha yetakchilk qilmoqda. Yevropa davlatlari dunyodagi ikkinchi yiliga 21,6 GW, undan keyin AQSh (13,6 GW), Hindiston (11,5 GW) va lotin Amerikasi (6,2 GW) yirik shamol elektr stansiyalarini ishlab chiqarmoqda [1]. 2023-yilning birinchi yarmida 2022-yilga nisbatan 38 foizga ko‘p yangi shamol energetik qurilmalari o’rnatildi, 2022 yil iyunidan 2023 yil iyungacha 100 GW qo’shildi va 976 GW yillik o’sish surati 11,4% ga yetdi [2].