INGLIZ VA FRANSUZ NEFT-GAZ TERMINOLOGIYASIDA ANTONIMIK MUNOSABATLARNING IFODALANISHI

Authors

  • Quryozova Gulshan Akmal qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: antonimiya, terminologik antonimiya, neft-gaz terminologiyasi, qarama-qarshi munosabat, ingliz tili, fransuz tili, upstream, downstream, amont, aval, termin, semantik munosabat, professional diskurs.

Abstract

Mazkur maqolada ingliz va fransuz neft-gaz terminologiyasida antonimik munosabatlarning ifodalanishi, ularning semantik tabiati va terminologik tizimdagi funksional xususiyatlari qiyosiy aspektda tadqiq etiladi. Terminologik antonimiya umumtil antonimiyasidan farqli ravishda muayyan fan yoki kasbiy faoliyat doirasida shakllangan tushunchalar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ifodalashi bilan xarakterlanadi. Tadqiqotda neft-gaz terminologiyasida uchraydigan yo‘nalish, jarayon, holat, miqdor va texnologik bosqichlarni ifodalovchi antonimik birliklar tahlil qilinadi. Ingliz tilidagi upstream–downstream, increase–decrease, high pressure–low pressure, open–closed kabi terminologik birliklar hamda fransuz tilidagi en amont–en aval, augmentation–diminution, haute pression–basse pression, ouvert–fermé kabi birliklar qiyoslanadi. Tadqiqot natijasida neft-gaz terminologiyasidagi antonimik munosabatlar yo‘nalishli, komplementar, darajali va konversiv xarakterga ega bo‘lishi, shuningdek, ayrim hollarda umumtil antonimlarining maxsus sohaviy ma’no kasb etishi orqali terminologik antonimlar shakllanishi aniqlandi. Ingliz va fransuz terminologik tizimlarida antonimik juftliklarning mavjudligi neft-gaz sohasidagi tushunchalar tizimining ikki qutbli va tizimli tashkil topganligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-11-05