FARGʻONA VODIYSI FLORASIDA ZYGOPHYLLUM EICHWALDII TURINING ZAMONAVIY TARQALISH HOLATI
Abstract
Kirish; Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi florasini kompleks oʻrganish, oʻsimlik resurslarini aniqlash va ulardan oqilona foydalanish, alohida ahamiyatga ega boʻlgan botanik hududlarni belgilash hamda oʻsimlik dunyosining kamyob va endemik turlarini saqlab qolishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, Respublika florasining milliy axborot-tahliliy maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish, yovvoyi oʻsimliklarning kamyob hamda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlari boʻyicha davlat kadastrini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi va oʻsimlik dunyosi monitoringini yuritish ham muhim vazifalar hisoblanadi. Bundan tashqari, istiqbolli va iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻsimlik turlarini introduksiya qilish va iqlimlashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish, kamyob oʻsimliklarning genetik maʼlumotlar bankini yaratish, choʻllanish jarayonida oʻsimlik qoplami evolyutsiyasi hamda iqlim dinamikasini oʻrganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hozirgi kunda oʻzbek botanik olimlari oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.