JIGARNING PIGMENT ALMASHINUVIDAGI ISHTIROKI
Keywords:
Kalit so’zlar; Jigar, pigment almashinuvi, bilirubin, biliverdin, gemoglobin, gem, eritrotsit, gepatotsit, albumin, konyugatsiya, glyukuron kislotasi, gemoksigenaza, biliverdinreduktaza, o‘t pigmentlari, detoksikatsiya, bilirubin metabolizmi.Abstract
Annotatsiya; Mazkur maqolada inson organizmida pigment almashinuvining biokimyoviy asoslari va ushbu jarayonda jigarning gemoglobindan bilirubin hosil bo‘lish mexanizmi, gemning biliverdinga va biliverdinning bilirubinga aylanish bosqichlari tahlil qilingan. Shuningdek, erkin bilirubinning qonda albumin bilan bog‘lanib tashilishi, jigarda gepatotsitlar tomonidan o‘zlashtirilishi, glyukuron kislotasi bilan konyugatsiyalanishi va o‘t tarkibida ichakka chiqarilishi bayon etilgan. Bilirubin almashinuvining fiziologik ahamiyati, uning buzilishi natijasida yuzaga keladigan biokimyoviy o‘zgarishlar hamda organizm uchun ehtimoliy salbiy oqibatlar ilmiy jihatdan izohlangan. Maqolada jigarning pigment almashinuvidagi ishtiroki organizmning ichki muhit barqarorligini ta’minlovchi muhim mexanizm sifatida baholangan.