TARQOQ SKLEROZNING ERTA KLINIK KO‘RINISHLARI VA DIAGNOSTIK KECHIKISH MUAMMOSI
Abstract
Dolzarbligi. Tarqoq skleroz (TS) markaziy nerv sistemasining surunkali demiyelinizatsiyalovchi va neyrodegenerativ kasalligi bo‘lib, asosan yosh va o‘rta yoshdagi aholining nogironligiga olib keluvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Kasallikning klinik ko‘rinishlari o‘ta xilma-xil bo‘lib, ko‘pincha "xameleon kasalligi" deb ataladi, bu esa uni erta bosqichda aniqlashni qiyinlashtiradi . So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, TS ning rasmiy tashxis qo‘yilishidan oldin ham o‘ziga xos prodromal belgilar, jumladan, charchoq, kognitiv buzilishlar va depressiya kabi alomatlar paydo bo‘lishi mumkin . Shu bilan birga, O‘zbekiston kabi issiq iqlimli va TS kam uchraydigan mintaqalarda kasallikning erta belgilarini o‘rganish va diagnostik kechikish sabablarini tahlil qilish alohida ahamiyatga ega. Tadqiqotning dolzarbligi TS ning erta klinik ko‘rinishlarini aniqlash orqali tashxisni tezlashtirish va nogironlikni kamaytirish imkoniyatlari bilan belgilanadi. [1]