INFORMATIKA DARSLARIDA STEAM YONDASHUVINI QO‘LLASHNING METODIK ASOSLARI

Authors

  • Ochilova Dilso‘z Akramovna Author

Keywords:

informatika, STEAM ta’lim, fanlararo integratsiya, dasturlash, algoritmik tafakkur, raqamli kompetensiya, loyiha asosida ta’lim, muammoli ta’lim, ijodiy fikrlash, robototexnika, muhandislik loyihasi.

Abstract

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
informatika fanini o‘qitishda STEAM yondashuvini qo‘llashning metodik 
asoslari, pedagogik tamoyillari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. 
STEAM yondashuvi doirasida fan, texnologiya, muhandislik, san’at va 
matematika yo‘nalishlarini informatika mazmuni bilan integratsiyalash orqali 
o‘quvchilarning algoritmik, tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish 
imkoniyatlari yoritilgan. Informatika darslarida loyiha asosida o‘qitish, 
muammoli vaziyatlarni modellashtirish, dasturlash, robototexnika, 
ma’lumotlarni qayta ishlash, raqamli dizayn va fanlararo topshiriqlardan 
foydalanishning metodik mexanizmi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida 
STEAM asosidagi informatika darsini tashkil etishning “muammo – fanlararo 
tahlil – raqamli yechim – loyihalash – sinov – takomillashtirish – taqdimot – 
baholash” bosqichlaridan iborat metodik modeli taklif etilgan. Shuningdek, 
o‘quv natijalarini bilim bilan cheklamasdan, amaliy mahsulot, muammoni hal 
qilish, ijodkorlik, hamkorlik va raqamli kompetensiyalar asosida baholash 
zarurligi asoslangan.

References

Published

2026-09-16