ISLOMIY BANK MUASSASALARIDA MOL-MULKNI ISLOMIY IJARAGA BERISH OPERATSIYALARINING BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRILISHI
Keywords:
islomiy ijara, ijara obyekti, amortizatsiya, ijara haqi, mulk huquqining oʻtishi, islomiy moliya standartlari, buxgalteriya hisobi, oshkor qilish.Abstract
Maqolada
mol-mulkni islomiy ijaraga berish
operatsiyasining huquqiy tuzilishi va uni buxgalteriya hisobida aks ettirish
tartibi tahlil qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga 2026-yilda
kiritilgan oʻzgartishlar hamda Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya
hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) standartlari talablari qiyoslanib, ijara
obyektini tan olish, amortizatsiya hisoblash va ijara haqini davrlar boʻyicha
taqsimlash uslubiyoti asoslab berilgan. Mulk huquqining oʻtishi bilan
yakunlanadigan ijara shartnomasini hisobda aks ettirish xususiyatlari koʻrsatib
oʻtilgan. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bilan yuzaga keladigan
asosiy farqlar aniqlanib, hisobot izohlarida oshkor qilish tartibiga doir takliflar
bildirilgan.