KORPORATIV BOSHQARUV SIFATI VA IQTISODIY SAMARADORLIK BOG‘LIQLIGINI EKONOMETRIK BAHOLASH USLUBIYOTI

Authors

  • G‘iyosov Ilhom Karimovich Author

Keywords:

panel ma’lumotlar, qat’iy samaralar modeli, endogenlik, umumlashgan momentlar usuli, korporativ boshqaruv indeksi, aktivlar rentabelligi, qurilish korxonasi, ishonchlilik tekshiruvi.

Abstract

Maqolada qurilish korxonalarida korporativ boshqaruv 
sifati va iqtisodiy samaradorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholashning 
ekonometrik uslubiyoti ishlab chiqilgan. Panel ma’lumotlar asosidagi model 
spetsifikatsiyasi, o‘zgaruvchilar tarkibi va ularning kutilayotgan ishoralari 
asoslangan. Endogenlik muammosining uchta manbai – teskari sababiylik, 
kuzatilmaydigan geterogenlik va dinamik endogenlik ko‘rib chiqilib, ularni 
bartaraf etish uchun qat’iy samaralar modeli, kechiktirilgan o‘zgaruvchilar va 
umumlashgan momentlar usuli qo‘llanilishi taklif etilgan. Natijalarning 
ishonchliligini tekshirish bosqichlari va uslubiyotning cheklovlari ko‘rsatilgan. 

References

Published

2026-09-21