IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA JANUBIY OROLBO‘YI KO‘LLARINING GIDROMETEOROLOGIK REJIMI
Keywords:
iqlim o‘zgarishi, Janubiy Orolbo‘yi, ko‘llar, gidrometeorologik rejim, gidrologik rejim, suv balansi, suv sathi, bug‘lanish, atmosfera yog‘inlari, Amudaryo, Sudochye, Jiltirbas, Saribas, masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldosh monitoringi, suv resurslari, ekologik barqarorlik.Abstract
Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida Janubiy
Orolbo‘yi hududida joylashgan ko‘llarning gidrometeorologik rejimi, suv sathi,
suv yuzasi maydoni, suv balansi va mavsumiy o‘zgarishlari tahlil qilinadi.
Janubiy Orolbo‘yi hududi quruq va keskin kontinental iqlim sharoitida
joylashgani sababli bu yerdagi suv havzalarining tabiiy holati atmosfera
yog‘inlari, havo harorati, bug‘lanish, Amudaryo oqimi, kollektor-zovur suvlari
va yer osti suvlariga bevosita bog‘liq. Iqlim o‘zgarishi natijasida havo
haroratining ko‘tarilishi, bug‘lanish jarayonining kuchayishi va suv
resurslarining o‘zgaruvchanligi ko‘llarning gidrologik rejimiga ta’sir
ko‘rsatmoqda. Maqolada Sudochye, Jiltirbas va Saribas ko‘llari misolida suv
sathi hamda suv balansining o‘zgarish xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek,
masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va geografik axborot
tizimlaridan foydalanishning ko‘llarni monitoring qilishdagi ahamiyati
ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari Janubiy Orolbo‘yi ko‘llarining suv
resurslarini samarali boshqarish, ekologik barqarorligini ta’minlash va iqlim