JADID MA’RIFATPARVARLARINING G‘OYALARIDA MILLIY YUKSALISH TАFAKKURINING AKS ETISHI
Keywords:
jadidchilik, ma’rifatparvarlik, milliy yuksalish, milliy uyg‘onish, milliy o‘zlik, ma’rifat, ta’lim, taraqqiyot, Behbudiy, Fitrat, Avloniy, Cho‘lpon.Abstract
Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
Turkiston ijtimoiy-madaniy hayotida shakllangan jadidchilik harakatining
ma‘rifiy, ijtimoiy va milliy g‘oyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi
jadid ma’rifatparvarlari qarashlarida milliy yuksalish tafakkurining qanday
namoyon bo‘lganini aniqlashdan iborat. Maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va
Abdulhamid Cho‘lpon kabi ma’rifatparvarlarning ta’lim, milliy o‘zlik,
ma’naviyat, ilm-fan, matbuot, adabiyot, madaniyat va jamiyat taraqqiyotiga
oid qarashlari o‘rganiladi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, tizimli-tahliliy,
manbashunoslik va matn tahlili metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari
jadidlar uchun milliy yuksalish, avvalo, xalqning ilmiy-ma’rifiy saviyasini
oshirish, zamonaviy ta’limni rivojlantirish, milliy ong va o‘zlikni shakllantirish,
jamiyatni yangilash hamda ma’naviy taraqqiyotga erishish bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lganini ko‘rsatadi. Jadidlarning maktab, matbuot, teatr va adabiyot
sohalaridagi faoliyati milliy tafakkurni yangilashning amaliy vositalaridan biri
bo‘lgan.