MAKTAB DIREKTORINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY ILMIY YONDASHUVLARI

Authors

  • Kambarova Nodiraxon Abdumuxtorovna Author

Keywords:

Maktab direktori kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish masalasi aynan shu sababli zamonaviy pedagogika, ta’lim menejmenti va rahbarlik nazariyasining kesishgan nuqtasida shakllanayotgan ilmiy muammolardan biridir. Mazkur muammoni tadqiq etishda yagona yondashuvdan foydalanish kompetensiyaning ko‘p qirrali tabiatini to‘liq ochib bera olmaydi. Shuning

Abstract

Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan 
institutsional va pedagogik o‘zgarishlar maktab rahbarining professional 
faoliyatiga qo‘yiladigan talablarning kengayishiga olib kelmoqda. Maktab 
direktori faoliyatining mazmuni an’anaviy ma’muriy vazifalarni bajarishdan 
tashqari, ta’lim sifatini rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini 
qo‘llab-quvvatlash, innovatsion jarayonlarni muvofiqlashtirish, raqamli 
imkoniyatlardan samarali foydalanish, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik 
qilish hamda ta’lim muassasasining strategik rivojlanishini ta’minlash kabi 
yo‘nalishlarni qamrab olmoqda. Maktab direktorining kasbiy kompetensiyasi 
ta’lim muassasasining boshqaruv salohiyatini belgilovchi muhim omillardan 
biri sifatida namoyon bo‘ladi. Zamonaviy rahbar uchun faqat mavjud me’yoriy 
hujjatlarni bilish yoki ma’muriy topshiriqlarni bajarishning o‘zi yetarli emas. 
U murakkab pedagogik va tashkiliy vaziyatlarni tahlil qilishi, turli manfaatlarni 
muvofiqlashtirishi, mavjud resurslardan oqilona foydalanishi, o‘zgarishlarni 
oldindan ko‘ra olishi va professional faoliyatini yangi sharoitlarga mos 
ravishda takomillashtirib borishi lozim. 

References

Published

2026-09-28