TIBBIY BOG’LOV MATERIALLARINI ISHLAB CHIQARISH VA XOMASHYO XARAKTERISTIKASI

Authors

  • Kadirov N. A. Author
  • Abdullayeva D.K. Author
  • Bozorboyeva L.U. Author

Keywords:

. Tibbiy bog‘lov materiallari zamonaviy tibbiyot amaliyotida eng ko‘p ishlatiladigan tibbiy buyumlardan biridir. Ular jarohatlangan yoki zararlangan tana qismlarini himoya qilish, yara yuzasidan ajraladigan suyuqliklarni shimish, qon ketishini kamaytirish va dori vositalarini yara yuzasiga yetkazishda qo‘llaniladi. Bog‘lov materiallariga tibbiy paxta, doka, bint, salfetka, tampon va turli xil zamonaviy yara qoplamalari kiradi.

Abstract

Ushbu tezisda tibbiy bog‘lov materiallarining asosiy turlari, ularni ishlab 
chiqarishda qo‘llaniladigan xomashyolar va xomashyoning fizik-kimyoviy 
xususiyatlari yoritilgan. Tibbiy bog‘lov materiallari jarohatlarni himoyalash, 
qon va yara ajralmalarini shimish, dori vositalarini yara yuzasiga yetkazish 
hamda zararlangan to‘qimalarni tashqi muhitdan himoya qilishda muhim 
ahamiyatga ega. Doka, bint, tibbiy paxta, salfetka va boshqa bog‘lov 
materiallari ishlab chiqarishda asosan paxta tolasi, viskoza, sellyuloza va ayrim 
hollarda 
sintetik 
tolalardan 
foydalaniladi. 
Xomashyoning tozaligi, 
gigroskopikligi, yumshoqligi, mexanik mustahkamligi va biologik mosligi 
tayyor mahsulot sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 

References

Published

2026-09-29