ARID HUDUDLARDA SURUNKALI RINOSINUSITNI TASHXISLASHDA BURUN SHILLIQ QAVATI TO‘SIQ FUNKSIYASINI BAHOLASH METODOLOGIYASI
Keywords:
Arid iqlim sharoitida surunkali rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda burun shilliq qavatining mukotsiliar transporti va sitologik parametrlarini baholash orqali erta tashxislash algoritmini takomillashtirish.Abstract
Zamonaviy rinologiyada surunkali rinosinusit (SRS)
etiopatogenezida burun bo‘shlig‘i va yondosh bo‘shliqlar shilliq qavatining
to‘siq (epitelial barrier) funksiyasi buzilishi hal qiluvchi bo‘g‘in sifatida
qaralmoqda. O‘zbekistonning arid (quruq-issiq) zonalarida havoning past
namligi, yuqori changlanish darajasi hamda keskin termik o‘zgarishlar epiteliy
hujayralarining distrofiyasiga va mukotsiliar klirensning tormozlanishiga olib
keladi. Amaliyotda ko‘pincha kasallikning anatomik va radiologik belgilari
baholanib, shilliq qavatning mikrofunksional va sitologik o‘zgarishlari
e’tibordan chetda qolmoqda. Shu bois, mintaqaviy noqulay sharoitlarni hisobga
olgan holda shilliq qavat himoya tizimini kompleks baholash usullarini ishlab
chiqish dolzarb hisoblanadi.