KISLOROD O‘TKAZUVCHI MEMBRANALI REAKTORDA SUV BUG‘INING PARCHALANISHINING TERMODINAMIK CHEGARALARI

Authors

  • Bekniyazova G.R Author
  • Sharopov U.B Author

Keywords:

Suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri termik parchalash (H2O → H2 + ½O2) juda yuqori harorat talab qiladi: reaksiyaning standart Gibbs energiyasi 900 °C da 182,9 kJ/mol, 1000 °C da 177,3 kJ/mol ni tashkil etadi [4]. Shu sababli toza suv bug‘idagi muvozanat kislorod parsial bosimi 700–1200 °C da atigi 10−7–10−4 atm bo‘lib, parchalanish darajasi amalda nolga teng. Membrana bu chegarani o‘zgartiradi, biroq qaysi sharoitda va qancha darajada — bu masala reaktorni loyihalash uchun asosiy hisoblanadi. Ushbu ishning maqsadi — membranali reaktorda suv bug‘i konversiyasining termodinamik chegaralarini harorat va permeat tomonidagi kislorod bosimiga bog‘liq holda aniqlash.

Abstract

Vodorod energetikasini rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasining 
energetika siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi [1]. Hozirgi 
kunda vodorodning asosiy qismi tabiiy gazni bug‘ bilan konversiyalash orqali 
olinadi va bu jarayon katta miqdorda CO2 chiqishi bilan kechadi. Suvdan 
vodorodni quyosh energiyasi yordamida, uglerod chiqindisisiz olish usullari 
ichida aralash ion-elektron o‘tkazuvchi (MIEC) kislorod membranali reaktorlar 
alohida o‘rin tutadi [2, 3]. Bunday reaktorda suv bug‘i membrananing bir 
tomonida parchalanadi, ajralgan kislorod esa O2− ionlari ko‘rinishida 
membrana orqali chiqariladi va ta’minot tomonida toza vodorod to‘planadi. 

References

Published

2026-09-29