O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA KOMISSIV NUTQIY AKTLARNING KORPUS-PRAGMATIK TAHLILI
Keywords:
korpus lingvistikasi, pragmalingvistika, korpus pragmatikasi, paremiya, maqol, nutqiy akt, komissiv, rad etish, tahdid, illokutiv kuch, perlokutiv ta’sir, kontekst.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek xalq maqollarining komissiv
aktlarni
ifodalash
imkoniyatlari
korpus lingvistikasi va
pragmalingvistika integratsiyasi asosida tahlil qilinadi. Badiiy matnlarda
qo‘llangan paremiyalarning nutqiy akt sifatidagi xususiyatlarini aniqlashda
kontekst, so‘zlovchi intensiyasi, illokutiv kuch, adresatga yo‘naltirilganlik
hamda perlokutiv ta’sir asosiy pragmatik mezon sifatida olinadi. Xususan,
Abdulla Qahhor asarlarida uchraydigan “Tovuqning tushiga don kiradi”
maqolining rad etish mazmunini kuchaytiruvchi komissiv kontekstdagi vazifasi
korpus-pragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, tahdid va qat’iy
rad etish mazmunini ifodalovchi paremiologik birliklarning oddiy leksik
vositalarga nisbatan yuqori pragmatik ta’sirga ega bo‘lishi yoritiladi.
Tadqiqotda paremiyalarni nutqiy akt turi, subakt, kontekst, intensiya, illokutiv
kuch va perlokutiv ta’sir parametrlarida annotatsiyalash modeli taklif etiladi.