KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA INNOVATSION BOSHQARUVNI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Ubaydulloyeva Umida Otamurod qizi Author

Keywords:

kichik biznes, innovatsion boshqaruv, moliyaviy qo‘llab quvvatlash, innovatsion faoliyat, kreditlash, investitsiya, venchur kapital, grant, raqamli moliyalashtirish, davlat qo‘llab-quvvatlashi.

Abstract

Mazkur tezisda kichik biznes subyektlarida innovatsion 
boshqaruvni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining mazmuni, 
mavjud imkoniyatlari va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari tadqiq etilgan. 
Kichik biznesning innovatsion faoliyati yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish, 
ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni 
joriy etish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim omil 
hisoblanadi. Biroq innovatsion loyihalarning yuqori boshlang‘ich xarajatlari, 
moliyaviy resurslarning cheklanganligi, kredit olishdagi talablar va investitsion 
risklarning yuqoriligi kichik biznes subyektlari uchun muayyan muammolarni 
yuzaga keltiradi. Tadqiqotda ushbu muammolarni kamaytirish maqsadida 
imtiyozli kreditlash, kafillik va sug‘urta mexanizmlarini rivojlantirish, venchur 
moliyalashtirish, grantlar, raqamli moliyalashtirish platformalari hamda 
natijaga 
yo‘naltirilgan 
davlat 
qo‘llab-quvvatlash 
instrumentlaridan 
foydalanishni kengaytirish taklif etilgan. Shuningdek, moliyaviy qo‘llab
quvvatlashni kichik biznes subyektlarining innovatsion salohiyati va 
loyihalarning iqtisodiy samaradorligiga bog‘lash zarurligi asoslangan. 

References

Published

2026-09-29