TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA INGLIZ TILIDA KLINIK MULOQOT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
tibbiy ta’lim, ingliz tili, klinik muloqot, kommunikativ kompetensiya, professional kommunikatsiya, tibbiyot talabasi, kasbiy yo‘naltirilgan ta’lim, klinik vaziyat.Abstract
Mazkur tezisda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari
talabalarida ingliz tilida klinik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning
pedagogik asoslari yoritiladi. Zamonaviy tibbiyot ta’limida bo‘lajak
shifokorning nafaqat kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga, balki xalqaro
professional muhitda samarali kommunikatsiya qila olish kompetensiyasiga
ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, ingliz tilini
o‘qitish jarayonida umumiy kommunikativ kompetensiya bilan bir qatorda
klinik-professional muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Tadqiqotda
klinik
muloqotning asosiy komponentlari, tibbiyot talabalarining
kommunikativ ehtiyojlari hamda ingliz tilini kasbiy yo‘naltirilgan holda
o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi.