TUXUMDONLAR POLIKISTOZI SINDROMI BO‘LGAN AYOLLARDA INSULIN REZISTENTLIGINING BEPUSHTLIK BILAN BOG‘LIQLIGI
Keywords:
tuxumdonlar polikistozi sindromi, insulin rezistentligi, insulin, giperinsulinemiya, bepushtlik, ovulyatsiya, anovulyatsiya, erkaklik gormonlari, follikula, reproduktiv salomatlik, metabolik buzilishlar.Abstract
Tuxumdonlar polikistozi sindromi reproduktiv yoshdagi
ayollarda uchraydigan murakkab endokrin va metabolik holat bo‘lib, hayz
siklining buzilishi, erkaklik gormonlari miqdorining ortishi, tuxum hujayraning
yetilishi va ajralishining buzilishi hamda bepushtlik bilan namoyon bo‘lishi
mumkin. Ushbu sindrom rivojlanishida insulin rezistentligi, ya’ni organizm
to‘qimalarining insulinga sezuvchanligining pasayishi muhim o‘rin tutadi.
Insulin rezistentligi natijasida qonda insulin miqdorining ortishi kuzatiladi. Bu
holat tuxumdonlarda erkaklik gormonlari ishlab chiqarilishining kuchayishiga,
follikulalarning normal rivojlanishi buzilishiga va tuxum hujayraning ajralib
chiqmasligiga olib kelishi mumkin. Natijada homiladorlikning yuzaga kelishi
qiyinlashadi. Mazkur tezisda tuxumdonlar polikistozi sindromi bo‘lgan
ayollarda insulin rezistentligi va bepushtlik o‘rtasidagi bog‘liqlik, uning
rivojlanish mexanizmlari hamda reproduktiv salomatlikka ta’siri yoritilgan.