O‘ZDST 3410 STANDARTI TALABLARI ASOSIDA SEMENT LABORATORIYALARINI MUVOFIQLIKDAN O‘TKAZISH VA ATTESTATSIYA JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Ismatova Ozoda Normatovna Author

Keywords:

sement sanoati, O‘zDSt 3410 standarti, GB/T standartlari, laboratoriya attestatsiyasi, ISO 9001, muvofiqlikni baholash, xalqaro qo‘shma korxonalar, hujjatlarni uyg‘unlashtirish.

Abstract

Ushbu ilmiy tezisda xalqaro qo‘shma sement korxonalari sinov 
laboratoriyalarining texnik vakolatliligini oshirish, xalqaro va milliy 
standartlarni 
uyg‘unlashtirish 
hamda sertifikatlashtirish jarayonlarini 
optimallashtirish muammolari tizimli va keng qamrovli ravishda tadqiq etilgan. 
Transmilliy qo‘shma korxonalar amaliyoti misolida amaldagi ISO 9001 (Sifat 
menejmenti tizimi) doirasida laboratoriyani milliy O‘zDSt 3410 talablari 
asosida muvofiqlikdan o‘tkazish (attestatsiya) hamda O‘zbekiston (O‘zDSt) va 
Xitoy (GB/T) normativ me’yorlari o‘rtasidagi tarkibiy farqlarni bartaraf 
etuvchi integratsiyalashgan hujjatlar aylanishi matritsasi ishlab chiqilgan. 
Taklif etilayotgan raqamli boshqaruv modeli laboratoriya faoliyatidagi 
ma’muriy va texnik kechikishlarni minimallashtirish, davlat muvofiqlik 
sertifikati olish va attestatsiya jarayonlarini 2.5 barobarga tezlashtirish bilan bir 
qatorda, sement mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi qonuniy maqomi va 
raqobatbardoshligini ta'minlashga xizmat qiladi.

References

Published

2026-09-29