RAPS SHROTIDAN KAM GLYUKOZINOLATLI OQSIL QO‘SHIMCHASI OLISH VA UNI GO‘SHTLI MAHSULOTLARDA SOYA OQSILI O‘RNIDA QO‘LLASH TEXNOLOGIYASI

Authors

  • Madaminova Sevara Inomjon qizi Author

Keywords:

raps shroti, glyukozinolat, o‘simlik oqsili, oqsil qo‘shimchasi, oqsil konsentrati, soya oqsili, go‘sht mahsulotlari, emulsiya, suvni bog‘lash, oziq-ovqat texnologiyasi.

Abstract

Shu tadqiqotning asosiy maqsadi moy ishlab chiqarish 
jarayonining oqsilga boy ikkilamchi mahsuloti hisoblangan raps shrotidan 
oziq-ovqat sanoatida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va uni go‘sht 
mahsulotlari ishlab chiqarishda soya oqsiliga muqobil mahalliy oqsil manbai 
sifatida qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqishdir. Tadqiqotda glyukozinolat 
miqdori nisbatan past bo‘lgan raps shroti xomashyo sifatida tanlanib, undan 
oqsil fraksiyasini ajratib olish, antinutritiv moddalar miqdorini kamaytirish va 
oqsilning funksional xususiyatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan texnologik 
yondashuv taklif etiladi. Olingan oqsil qo‘shimchasining suv hamda yog‘ni 
bog‘lash, emulsiyalash, gel hosil qilish va go‘sht massasining strukturaviy 
barqarorligiga ta’siri baholanadi. Tadqiqot natijalari mahalliy oqsil 
resurslaridan samarali foydalanish, import qilinadigan soya oqsili ulushini 
kamaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega oziq-ovqat ingredientlarini 
yaratishga xizmat qilishi kutiladi.

References

Published

2026-09-29