O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA KOMISSIV NUTQIY AKTLARNING KORPUS-PRAGMATIK TAHLILI

Authors

  • Umida Yaxyoyeva Ibrohim qizi Author

Keywords:

korpus lingvistikasi, pragmalingvistika, korpus pragmatikasi, paremiya, maqol, nutqiy akt, komissiv, rad etish, tahdid, illokutiv kuch, perlokutiv ta’sir, kontekst.

Abstract

 Mazkur maqolada o‘zbek xalq maqollarining komissiv 
aktlarni 
ifodalash 
imkoniyatlari 
korpus lingvistikasi va 
pragmalingvistika integratsiyasi asosida tahlil qilinadi. Badiiy matnlarda 
qo‘llangan paremiyalarning nutqiy akt sifatidagi xususiyatlarini aniqlashda 
kontekst, so‘zlovchi intensiyasi, illokutiv kuch, adresatga yo‘naltirilganlik 
hamda perlokutiv ta’sir asosiy pragmatik mezon sifatida olinadi. Xususan, 
Abdulla Qahhor asarlarida uchraydigan “Tovuqning tushiga don kiradi” 
maqolining rad etish mazmunini kuchaytiruvchi komissiv kontekstdagi vazifasi 
korpus-pragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, tahdid va qat’iy 
rad etish mazmunini ifodalovchi paremiologik birliklarning oddiy leksik 
vositalarga nisbatan yuqori pragmatik ta’sirga ega bo‘lishi yoritiladi. 
Tadqiqotda paremiyalarni nutqiy akt turi, subakt, kontekst, intensiya, illokutiv 
kuch va perlokutiv ta’sir parametrlarida annotatsiyalash modeli taklif etiladi. 
Kalit so‘zlar: korpus lingvistikasi, pragmalingvistika, korpus

References

Published

2026-09-29