ONA TILI TAʼLIMIDA AI VA CHATBOTLAR YORDAMIDA DIAGNOSTIK BAHOLASH METODIKASI
Keywords:
Ona tili taʼlimi, diagnostik baholash, sunʼiy intellekt, chatbotlar, oʻquvchilar bilimi, metodika, taʼlim texnologiyalariAbstract
Ushbu tezis ona tili taʼlimida oʻquvchilar bilimini sun'iy
intellekt (AI) va chatbotlar yordamida diagnostik baholashning samarali
metodikasini ishlab chiqish va uning amaliy samaradorligini baholashga
qaratilgan. Tadqiqot doirasida 8-sinf oʻquvchilari ishtirokida eksperimental
sinov oʻtkazilib, AI-ga asoslangan chatbotning anʼanaviy baholash usullariga
nisbatan ustunliklari tahlil qilindi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, AI-chatbot
diagnostik baholashning aniqligini sezilarli darajada oshirib, oʻquvchilarga
tezkor va shaxsiylashtirilgan qayta aloqa taqdim etadi, bu esa ularning
oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini yaxshilaydi. Ushbu metodika ona tili taʼlimida
oʻqitish samaradorligini oshirish va oʻquvchilarning individual ehtiyojlarini
qondirish uchun muhim salohiyatga ega.