O‘TKIR HOSHIMOVNING “URUSHNING SO‘NGGI QURBONI” HIKOYASIDA NUTQIY AKTLARNING PRAGMALINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Yaxyoyeva Umida Ibrohim qizi Author
  • Murodova Shaxrizoda Author

Keywords:

pragmalingvistika, nutqiy akt, badiiy dialog, lokutiv akt, illokutiv akt, perlokutiv akt, reprezentativ, direktiv, ekspressiv, bilvosita nutqiy akt, kommunikativ intensiya, mikrokontekst.

Abstract

Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimovning “Urushning 
so‘nggi qurboni” hikoyasidagi personajlar nutqi nutqiy akt nazariyasi asosida 
pragmalingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy dialog va ichki 
nutqda voqelangan reprezentativ, direktiv hamda ekspressiv aktlarning 
kommunikativ-pragmatik xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Nutqiy birliklar 
lokutiv mazmun, illokutiv maqsad, so‘zlovchi intensiyasi, kommunikativ 
vaziyat va perlokutiv ta’sir nuqtayi nazaridan tavsiflanadi. Hikoyadan 
tanlangan mikrokontekstlar nutqiy aktlarning grammatik shakl bilangina 
belgilanmasligi, ularning pragmatik mohiyati personajlararo munosabat, urush 
davridagi ijtimoiy-maishiy tanglik, presuppozitsiya va emotsional holat bilan 
bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bir nutqiy birlik doirasida reprezentativ 
va ekspressiv, direktiv va ekspressiv aktlarning o‘zaro qorishuvi hamda 
bilvosita nutqiy aktlarning yuzaga kelishi asoslanadi.

References

Published

2026-09-29