AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YO‘NALISHI TALABALARIDA KASBIY INGLIZ TILI (ESP) KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Keywords:
kasbiy ingliz tili, ESP, axborot texnologiyalari, kasbiy kompetensiya, kommunikativ yondashuv, raqamli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, sun’iy intellekt, texnik terminologiya.Abstract
Mazkur maqolada axborot texnologiyalari yo‘nalishi
talabalarida kasbiy ingliz tili (English for Specific Purposes – ESP)
kompetensiyasini shakllantirishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari
yoritilgan. Axborot texnologiyalari sohasida xalqaro kommunikatsiya, texnik
hujjatlar bilan ishlash, dasturlash tillari va raqamli platformalardan foydalanish
jarayonida ingliz tilining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, kasbiy ingliz
tilini o‘qitishda kommunikativ, kompetensiyaviy, loyiha asosida o‘qitish,
muammoli ta’lim, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalaridan
foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Talabalarning kasbiy lug‘at boyligi,
texnik matnlarni tushunish, taqdimot qilish, yozma va og‘zaki muloqot
ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.