QURILISH OBYEKTLARI QIYMATINING OSHISHI VA MARKAZLASHTIRILGAN KAPITAL QO‘YILMALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNI BAHOLASH

Authors

  • Bozorov Bobur Haqberdiyevich Author

Keywords:

markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar, samaradorlik, qurilish qiymati, xarid qobiliyati, talab kanali, real limit, ssenariy tahlili, hududiy tafovutlar.

Abstract

Maqolada qurilish obyektlari qiymatining oshishi va 
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalardan foydalanish samaradorligi 
o‘rtasidagi 
bog‘liqlik 
miqdoriy baholangan. Samaradorlik nominal 
mablag‘larning real qurilish hajmiga aylanish darajasi sifatida ta’riflangan va 
qiymat oshishining xarid qobiliyati hamda talab kanallari ajratilgan. 2021
2025-yillarda markazlashgan investitsiyalarning 24,6 foizi (62,0 trln so‘m) 
narx oshishini qoplashga sarflangani, hududlarda nominal qurilish o‘sishidagi 
narx ulushi 37,9–60,1 foiz oralig‘ida farqlanishi aniqlangan. 2026–2028-yillar 
dasturining real qiymati ssenariylar bo‘yicha prognoz qilinib, bazaviy 
ssenariyda 10,8 foiz, pessimistik ssenariyda 15,5 foiz yo‘qotish kutilishi 
ko‘rsatilgan. Real limitlarni rejalashtirish formulasi va samaradorlik indeksi 
taklif etilgan.

References

Published

2026-11-18