O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI ANTROPONIM KOMPONENTLI TEZ AYTISHLARNING SEMANTIK TAHLILI

Authors

  • Xamzayev Otaxon Erkinovich Author

Keywords:

Antroponim, tez aytish, chog‘ishtirma-semantik tahlil, semantik rol, shakldoshlik, tovush takrori, so‘z o‘yini, madaniy mazmun.

Abstract

Maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi antroponim 
komponentli tez aytishlar chog‘ishtirma-semantik usulda tahlil qilinadi. 
Tadqiqotning maqsadi shaxs nomlarining tez aytish mazmunini 
shakllantirishdagi o‘rnini hamda ularning fe’l, sifat va turdosh otlar bilan 
munosabatini aniqlashdan iborat. Tanlangan namunalarda antroponimlar 
harakat bajaruvchisi, harakat yo‘nalgan shaxs, hissiy holatni boshdan 
kechiruvchi shaxs yoki buyum egasini bildirishi ko‘rsatildi. O‘zbek tilidagi 
Ergash–Erkin namunasida ishtirokchilarning semantik rollari almashishi 
natijasida harakat yo‘nalishi o‘zgaradi. Ingliz tilidagi Betty Botter namunasida 
tovush jihatidan yaqin so‘zlar voqeaning sabab va natija asosida 
rivojlanishiga xizmat qiladi. Tahlil natijalari shaxs nomlarining boshqa 
leksemalar bilan shakldoshligi yoki tovush jihatidan yaqinligi so‘z o‘yinini 
yuzaga keltirishini, tarixiy shaxs nomlari esa matnga madaniy mazmun 
yuklashini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-11-23