ELLIPTIK KONSTRUKSIYALARNING GAP TUZILISHIDAGI O‘RNI
Keywords:
ellipsis, elliptik konstruksiya, gap tuzilishi, sintaksis, kontekst, nutq, kommunikativ vazifa, to‘liqsiz gap, semantika, pragmatika, ixchamlik, sintaktik birlik.Abstract
Ushbu maqolada elliptik konstruksiyalarning gap tuzilishidagi o‘rni, grammatik xususiyatlari va kommunikativ vazifalari tahlil qilinadi. Ellipsis nutq jarayonida mazmuni kontekst yoki vaziyat orqali anglashiladigan ayrim gap bo‘laklarining tushirib qoldirilishi asosida yuzaga keladigan sintaktik hodisa hisoblanadi. Bunday konstruksiyalar nutqning ixchamligi, takrorning oldini olish, fikrni tez va ta’sirchan ifodalash hamda matnning mazmuniy yaxlitligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada elliptik konstruksiyalarning sodda va qo‘shma gaplardagi ko‘rinishlari, dialogik nutqdagi vazifalari, kontekst bilan munosabati hamda semantik va pragmatik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, elliptik konstruksiyalarni sintaktik va kommunikativ nuqtayi nazardan o‘rganishning ahamiyati ochib beriladi