O‘ZBEKISTONDA SOVET DAVRIDA OZIQ-OVQAT SAVDOSI TARIXI (1917–1939)
Keywords:
O‘zbekiston, Turkiston, sovet hokimiyati, oziq-ovqat savdosi, bozor, davlat savdosi, kooperativ savdo, xususiy savdo, NEP, oziq-ovqat siyosati, savdo tashkilotlari, narx, taqsimotAbstract
Mazkur maqolada 1917–1939-yillarda O‘zbekiston hududida oziq-ovqat savdosining shakllanishi va rivojlanishi tarixiy jarayonlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet hokimiyatining dastlabki yillarida oziq-ovqat bozorining holati, xususiy savdoning cheklanishi, davlat tomonidan mahsulotlarni xarid qilish va taqsimlash mexanizmlarining joriy etilishi, fuqarolar urushi davridagi savdo munosabatlarining o‘zgarishi hamda yangi iqtisodiy siyosat davrida bozor savdosining qayta tiklanishi yoritiladi. Shuningdek, 1920-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab davlat va kooperativ savdoning ustun mavqega ega bo‘lishi, xususiy savdoning bosqichma-bosqich qisqarishi, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining davlat tomonidan nazorat qilinishi va 1930-yillarda savdo tizimining markazlashtirilishi masalalariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijasida 1917–1939-yillarda O‘zbekistonda oziq-ovqat savdosi bozor tamoyillaridan davlat tomonidan boshqariladigan markazlashgan savdo tizimiga o‘tganligi ko‘rsatiladi.