OLIY TA’LIM TALABALARIDA MILLIY-MADANIY QADRIYATLAR VA VATANPARVARLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING FALSAFIY ASOSLARI (TYUTORLIK FAOLIYATI MISOLIDA)

Authors

  • Qayumova Nafiza Ruziboyevna Author

Keywords:

milliy qadriyat, milliy-madaniy qadriyatlar, vatanparvarlik, vatanparvarlik madaniyati, oliy ta’lim, talaba, tyutorlik faoliyati, ma’naviyat, milliy o‘zlik, tarixiy xotira, tarbiya

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta’lim talabalarida milliy-madaniy qadriyatlar va vatanparvarlik madaniyatini shakllantirishning falsafiy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Globallashuv, axborot makonining kengayishi va ijtimoiy munosabatlarning jadallashuvi sharoitida yoshlarning milliy o‘zligini anglash, tarixiy xotira, ma’naviy meros va Vatanga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish muhim vazifalardan biri sifatida qaraladi. Maqolada tyutorlik faoliyatining talabalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga ta’siri, milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishdagi imkoniyatlari hamda vatanparvarlik madaniyatini shakllantirishdagi pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, talaba va tyutor o‘rtasidagi individual muloqot, tarbiyaviy tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar va ijtimoiy loyihalarning tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan

Author Biography

References

Published

2026-09-22