STIVEN KING ASARLARIDA IJTIMOIY E'TIBORSIZLIKNING IFODALANISH USULLARI

Authors

  • Tolibova Nodira Nosirovna Author

Keywords:

Stiven King, ijtimoiy e'tiborsizlik, badiiy tafsilot, hujjatli montaj, fokalizatsiya, siklik xronologiya, dahshat janri, Amerika adabiyoti

Abstract

Maqolada amerikalik yozuvchi Stiven Kingning Carrie ("Kerri", 1974) va It ("U", 1986) romanlarida ijtimoiy e'tiborsizlik qanday badiiy vositalar orqali ifodalangani tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, narratologik va germenevtik tahlil usullaridan foydalanilgan. Kingning ushbu romanlarida e'tiborsizlik oltita asosiy usul orqali ifodalanishi aniqlangan: ma'noli tafsilot, hujjatli montaj, fokalizatsiyaning taqsimlanishi, siklik xronologiya, tarixiy interlyudiyalar hamda fantastik unsurning ochib beruvchi vazifasi. Muallif Kingning g'ayritabiiy obrazlari yovuzlikning mustaqil manbai emas, balki jamiyat allaqachon ko'nikib qolgan befarqlikni ko'rinadigan qiluvchi badiiy vosita ekanini asoslaydi. Xulosada Kingning ijtimoiy tanqidi faqat mavzuda emas, balki roman shaklining o'zida mujassam ekani ko'rsatiladi.

Author Biography

  • Tolibova Nodira Nosirovna

    Buxoro Davlat Universiteti

    Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o’qituvchisi

References

Published

2026-09-24