ADABIYOTDA TARIXIY ROMANCHILIK AN’ANALARINING SHAKLLANISHI
Keywords:
Tarixiy roman, tarixiy romanchilik, adabiy an’ana, tarixiy haqiqat, badiiy to‘qima, tarixiy shaxs, milliy xotira, o‘zbek adabiyoti, roman janri, tarixiy obraz.Abstract
Ushbu maqolada adabiyotda tarixiy romanchilik an’analarining shakllanishi va rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Tarixiy roman janrining yuzaga kelish omillari, uning badiiy-estetik xususiyatlari hamda tarixiy voqelikni badiiy talqin etish tamoyillari yoritiladi. Shuningdek, jahon va o‘zbek adabiyotida tarixiy romanchilikning shakllanish bosqichlari, tarixiy shaxslar obrazini yaratish, tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima munosabati kabi masalalarga e’tibor qaratiladi. Maqolada tarixiy roman nafaqat o‘tmish voqealarini aks ettiruvchi janr, balki milliy xotira, tarixiy tafakkur va ma’naviy qadriyatlarni shakllantiruvchi muhim adabiy hodisa sifatida baholanadi. O‘zbek adabiyotida tarixiy romanchilik an’analarining rivojida Abdulla Qodiriy, Oybek, Pirimqul Qodirov va boshqa adiblarning ijodiy tajribasi alohida ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib beriladi.