EKSKAVATORLARNING GIDRAVLIK SILINDRLARI TEXNIK HOLATINI MONITORING QILISH, NOSOZLIKLARNI OLDINDAN ANIQLASH VA OGOHLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Tursunov Sh.B Author

Keywords:

ekskavator, gidravlik silindr, texnik holat monitoringi, ichki sizish, zichlagich yeyilishi, diagnostika, gidravlik bosim, moy harorati, shtok tezligi, erta ogohlantirish, condition monitoring

Abstract

Ushbu tezisda konchilik ekskavatorlarida qo‘llaniladigan gidravlik silindrlarning texnik holatini ish jarayonida baholash, zichlagichlar yeyilishi bilan bog‘liq ichki sizishni erta aniqlash va operatorni oldindan ogohlantirish masalasi tadqiq etiladi. Mavjud tadqiqotlarda gidravlik silindr nosozliklari orasida ichki sizish, tashqi sizish va zichlagichlarning yeyilishi muhim diagnostik obyektlar sifatida ko‘rsatilgan. Taklif etilayotgan yondashuvda bosimlar farqi, gidravlik moy harorati, shtok harakat tezligi va ish sikli davomiyligi birgalikda kuzatiladi. Ichki sizishning fizik mohiyatini ifodalash uchun Qₛ = KₛΔP bog‘lanishi, sizish natijasidagi gidravlik energiya yo‘qotilishini baholash uchun Ploss = ΔP·Qₛ munosabati qo‘llanadi. Diagnostik parametrlarning vaqt bo‘yicha trendini tahlil qilish orqali nosozlik rivojlanishining boshlang‘ich bosqichini aniqlash va kabinadagi vizual hamda ovozli signal orqali mashinistni ogohlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Author Biography

  • Tursunov Sh.B

    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

References

Published

2026-10-03