O‘ZBEK MUMTOZ CHOLG‘U KUYLARINING INTONATSION-TABIIY XUSUSIYATLARI VA ULARNING ZAMONAVIY QAYTA TALQINLARI
Keywords:
mumtoz cholg‘u kuylari, intonatsiya, lad-pardalar tizimi, maqom, ohang bezaklari, usul, tembr, qayta talqin, aranjirovka, milliy musiqa merosiAbstract
Ushbu tezisda mumtoz cholg‘u kuylarining intonatsion-tabiiy xususiyatlari hamda ularning zamonaviy qayta talqin shakllari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sifat tahliliga asoslangan musiqashunoslik yondashuvi qo‘llanilib, mumtoz musiqa nazariyasi va ijrochilik amaliyotiga oid ilmiy qarashlar qiyosiy o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mumtoz kuylarning o‘ziga xosligi lad-pardalar tizimi, ohang bezaklari, usul qonuniyatlari, tabiiy tovushqator va cholg‘ularning tembr imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shuningdek, zamonaviy qayta talqinlar aranjirovka, simfonik va kamer ijro, fortepianoga moslashtirish hamda elektron vositalar orqali amalga oshirilishi, ularning samaradorligi esa mumtoz intonatsion asosni saqlash darajasiga bog‘liqligi aniqlandi