SIROJIDDIN O‘SHIYNING “AL-FATOVO” ASARI: TUZILISHI, TILI VA FATVOLARNI BAYON QILISH USLUBI

Authors

  • Muzaffar Kamilov Author

Keywords:

Sirojiddin O‘shiy, “al-Fatovo as-Sirojiyya”, hanafiy mazhabi, fatvo, Farg‘ona fiqh maktabi, muftiy odobi, manbashunoslik

Abstract

Maqolada Farg‘ona fiqh maktabining yirik vakili Sirojiddin Abul Hasan Ali ibn Usmon O‘shiy (vaf. 575/1179)ning “al-Fatovo as-Sirojiyya” asari manbashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Asarning ichki tuzilishi – kitob, bob va fasllar tizimi, mavzular ketma-ketligi, tilidagi arabiy, forsiy va turkiy qatlamlar hamda muallifning masalalarni bayon qilish uslubi o‘rganiladi. Shuningdek, asardagi “Muftiyning odobi va javob berishda ogoh bo‘lish” kitobi boshqa fatvo to‘plamlaridan farqli jihat sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot “al-Fatovo”ni XII asr Movarounnahr ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi manba sifatida baholashga asos beradi

Author Biography

  • Muzaffar Kamilov

    Tarix fanlari nomzodi, dotsent

References

Published

2026-10-07