INGLIZ TILIDA O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI METODLARI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Keywords:
Ingliz tili, o‘qib tushunish, o‘qish ko‘nikmasi, o‘qitish metodikasi, pedagogik shart-sharoitlar, o‘quvchi, matn, o‘qish strategiyalari, kommunikativ kompetensiya, interfaol metodlarAbstract
Mazkur maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ingliz tilida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning samarali metodlari va pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. O‘qib tushunish ingliz tilini o‘rganish jarayonida muhim nutq faoliyati turi bo‘lib, o‘quvchining yozma axborotni qabul qilishi, mazmunini anglash, asosiy fikrni aniqlashi, zarur ma’lumotlarni ajratib olishi va matn asosida xulosa chiqarishini nazarda tutadi. Maqolada o‘qib tushunishni rivojlantirishda matn bilan ishlashning bosqichma-bosqich tashkil etilishi, skimming, scanning, intensiv o‘qish, kontekstual taxmin qilish, savol-javob, interfaol metodlar va kommunikativ topshiriqlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, mos o‘quv materiallarini tanlash, motivatsion muhit yaratish, raqamli vositalardan foydalanish va samarali baholash o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning muhim pedagogik shart-sharoitlari sifatida asoslangan