INGLIZ ADABIYOTINI O‘QITISHDA INTERFAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Authors

  • Buriyeva Mohinur Jumanazar qizi Author

Keywords:

ingliz adabiyoti, interfaol ta’lim, pedagogik texnologiyalar, badiiy asar tahlili, adabiy munozara, tanqidiy fikrlash, rolli o‘yin, kichik guruhlarda ishlash, raqamli ta’lim, o‘qitish metodikasi

Abstract

Mazkur maqolada ingliz adabiyotini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Badiiy asarlarni o‘rganish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlashi, matnni tahlil qilish, obrazlarni tavsiflash, muallif g‘oyasini anglash va adabiy munozaralarda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, munozara, rolli o‘yinlar, kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, loyiha metodi va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishning samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Ingliz adabiyoti darslarida interfaol texnologiyalarni maqsadli qo‘llash orqali ta’lim oluvchilarning adabiy bilimlarini chuqurlashtirish, tanqidiy fikrlashini rivojlantirish va o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan

Author Biography

References

Published

2026-10-09