IDIOPATIK ODATIY HOMILA TASHLASH: TA’RIFI, EPIDEMIOLOGIYASI VA ETIOLOGIYASI HAQIDAGI ZAMONAVIY TASAVVURLAR (ADABIYOTLAR SHARHI)

Authors

  • Ravshanova Dilnoza Olim qizi Author

Keywords:

odatiy homila tashlash, idiopatik, tushuntirib bo‘lmaydigan, etiologiya, sharh.

Abstract

Odatiy homila tashlash (OHT) reproduktiv tibbiyotning eng murakkab muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Inson reproduksiyasi va embriologiyasi Yevropa jamiyati (ESHRE, 2022) tavsiyalariga ko‘ra, OHT - 24 haftagacha ikki va undan ortiq homiladorlikning yo‘qotilishi, shu jumladan biokimyoviy homiladorliklar [1]; Amerika reproduktiv tibbiyot jamiyati (ASRM, 2020) mezonlari esa ultratovush yoki gistologik usulda tasdiqlangan ikki va undan ortiq klinik yo‘qotishni nazarda tutadi . Ikki va undan ortiq yo‘qotishni ayollarning 1–3 foizi, uch va undan ortiq yo‘qotishni taxminan 1 foizi boshdan kechiradi . Standart tekshiruvdan so‘ng sababni aniqlab bo‘lmasa, OHT idiopatik (tushuntirib bo‘lmaydigan) deb ataladi; turli ma’lumotlarga ko‘ra, bu holatlarning taxminan yarmini tashkil etadi 

Author Biography

  • Ravshanova Dilnoza Olim qizi

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti
    Samarqand shahri, O‘zbekiston

References

Published

2026-10-09