O‘ZBEK SHE’RIYATIDA KENGAYTIRILGAN METAFORALARNING HOSIL BO‘LISH USULLARI VA LINGVOPOETIK QIYMATI

Authors

  • Gulbahor Namazova Author

Keywords:

matn-metafora, kengaytirilgan metafora, leksik-semantik maydon, sarlavha-metafora, murojaat, ramz, lingvopoetika, estetik qiymat

Abstract

Maqolada o‘zbek she’riyatidagi kengaytirilgan metaforalar – matn-metaforalarning hosil bo‘lish usullari va lingvopoetik qiymati tahlil qilinadi. Abdulla Oripov, Cho‘lpon va Erkin Vohidov she’rlari misolida matn-metafora hosil qilishning to‘rt asosiy usuli – bazaviy metaforani leksik-semantik maydon orqali yoyish, sarlavha-metafora, murojaat-metafora va yashirin nishonli ramziy metafora ajratiladi. Har bir usulning semantik ko‘lami, matn kompozitsiyasidagi o‘rni va estetik ta’siri ko‘rsatib beriladi. Kengaytirilgan metaforalarning badiiy va publitsistik matnlardagi uslubiy xususiyatlariga ham qisqacha to‘xtaliladi

Author Biography

  • Gulbahor Namazova

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

    O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

    E-mail: namazovagulbahor@gmail.com

References

Published

2026-10-09