AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING KICHIK BIZNES RIVOJLANISHIGA TA’SIRINI EKONOMETRIK BAHOLASH
Keywords:
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot, ekonometriya, empirik model, klasterli tahlil, ekonometrik modellashtirish, raqamli infratuzilma, elektron biznesAbstract
Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ekonometrik tadqiq etishda zamonaviy uslubiy yondashuvlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’siri yoritilgan. Tadqiqotda kichik biznes subyektlari faoliyatini baholashda ekonometrik modellashtirish, empirik tahlil, klasterli tahlil va raqamli ko‘rsatkichlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, AKT infratuzilmasi, internetdan foydalanish darajasi, raqamli xizmatlar va elektron biznes vositalarining kichik biznes rivojlanishiga ta’sirini miqdoriy baholashning uslubiy jihatlari asoslangan. Mazkur yondashuv kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish omillarini kompleks tahlil qilish, hududlar va subyektlar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash hamda samarali boshqaruv qarorlarini shakllantirish imkonini beradi